23.04.2021 1180

Masofaviy o‘qish davom etadi

Hurmatli talabalar!

Xabaringiz bor, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ikki haftalik karantinga yopilgan edi. Mana ikki hafta ham yakunlandi. Universitet ma’muriyati uzoq muhokama qilib, o‘qishni offlayn yoki onlayn davom ettirish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Demak, hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda bakalavriat, sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladigan barcha talabalar, qolaversa magistraturada tahsil olayotgan 1-kurs talabalari (2-kurs, magistraturani tamomlayotgan talabalardan tashqari) o‘qishni onlayn davom ettirishga kelishildi. Bilasiz, hozirda aniqlanga “afrikancha shtamm” oddiy COVID-19dan ko‘ra ancha xavfli hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, sizning salomatligingiz biz uchun hamma narsadan ustun va muhimroq.

Lekin bu darslar o‘tilmaydi degani emas. O‘quv jarayonini o‘quv bo‘limi nazorat qilib boradi. Shuning uchun, har kuni darslarda onlayn qatnashishda va yangi bilim olishda aslo to‘xtamang!

Qolaversa, universitet yotoqxonasiga karantinga olingan talabalar ham 24-aprel, ya’ni shanba kundan o‘z uylari tomon yo‘l olishlariga ruxsat beriladi. Bugundan boshlab, tayyorgarlik ishlarini boshlashlari mumkin.

Hurmat bilan, O‘zJOKU ma’muriyati

Bo'lishmoq: