17.06.2021 862

Xalqaro press klub va “The Korea Times”: ularni nima bog‘lab turadi?

Yodingizda bo‘lsa, Xalqaro press-klub va Koreya Respublikasining eng nufuzli nashrlaridan biri – “The Korea Times” bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilgan edi.

Bugun, 17-iyun kuni Zoom platformasi orqali ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlash, axborot almashinuvi masalalari bo‘yicha ham kelishib olishdi.

Memorandumni O‘zbekiston tomonidan Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja, Janubiy Koreya tomonidan esa “The Korea Times” nashri prezidenti Oh Young Jin imzoladi.

Tadbirda mazkur hamkorlik doirasida bir qator qo‘shma jurnalistik loyihalarni tayyorlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja XPK mazkur memorandumni qadrlashini va kelgusida har qanday hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda “The Korea Times” nashri prezidenti Sherzodxon Qudratxo‘jani Janubiy Koreyaga, XPK raisi esa, o‘z navbatida, koreyalik noshirni O‘zbekistonga taklif qildi.

Bo'lishmoq: